Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni navbatdagi samarali uchrashuvni oʻtkazdi. YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish masalasini muhokama qilish uchun tashkilot bosh ofisida vazirlik rahbariyatini qabul qildi.
Vazirlar darajasidagi mazkur anjumanni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi YUNESKO rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Shu bois mazkur uchrashuv tashkilot Bosh direktoriga minnatdorchilik va hurmat-ehtirom bildirish uchun navbatdagi imkoniyat boʻldi.
Odri Azule mamlakatimizning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi.
Respublikamizning erta rivojlanish sohasidagi yutuqlari sezilarli boʻlib, xalqaro ekspertlar va hamkorlar tomonidan haqli ravishda baholanmoqda.
test
20.05.2022
Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi
20.05.2022
Maktabgacha ta’lim agentligi Qozog‘iston bolalar bog‘chasining ish tajribasi bilan tanishdi
20.05.2022
Bog‘chalarda xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish muhokama qilindi
20.05.2022