Maktabgacha ta’lim agentligi Qozog‘iston bolalar bog‘chasining ish tajribasi bilan tanishdi

Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023”– “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023”– “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

Unda o‘zbekistonlik mutaxassislar “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: sifatni oshirish tajribasi va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusida taqdimot qilishdi.