Biz haqimizda

Mazkur “Pre-school PDP” elektron platforma oʼzida mujassamlashtirgan dasturlar ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga asoslandi. Platformaga joylashtirilgan materiallar ilmiy asosga egaligi, aynan shu taʼlim tashkilotlari oʼqituvchilarini kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilganligi hamda shu kungacha bu turdagi platformaning mavjud emasligi bilan ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chet el tajribasini oʼrgangan holda ishlab chiqilgan dastur asosidagi materiallar ham ingliz tili oʼqituvchilarining nafaqat til kompetentligini oshirishga qaratilgan, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olish yuzasidan ham zaruriy materiallar va tavsiyalar bilan boyitildi. Ushbu “Pre-schoolPDP” platforma foydalanish uchun qulay dasturlarda joylashtirilgan hamda undagi materiallardan foydalanish imkoniyati kengligi bilan ajralib turadi.
Platforma oʼzida oxirgi texnologik yutuqlarni mujassamlashtirganligi bilan ajralib turadi. Yana bir katta imkoniyat shuki, oliy maʼlumotli boshqa yoʼnalish boʼyicha diplomga ega va IELTS yoki CEFR boʼyicha B2 darajaga ega boʼlgan pedagog kadrlar ham shu platformada malaka oshirib maktabgacha taʼlim tashkilotida ingliz tili oʼqituvchisi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. psixologik jihatdan bolalarning oʼziga xos jihatlariga oid material va foydali koʼrsatmalar bilan taʼminlanganligi ham vaqtni tejashga yordam beradi.

Rahbariyat

Jumabayeva Jamila Sharipovna

Loyiha rahbari

Mamatova Dilnoza Bekpo'latovna

Katta ilmiy xodim

Madiyorova Valida Quvondiq qizi

Kichik ilmiy xodim

Bekmurodova Firuzabonu Normurodovna

Kichik ilmiy xodim

Telefon

+998 98 988 98 89

Elektron Po'chta

pdpedu@gmail.com

Manzil

Nurxon ko‘chasi, 21-uy

Bizga to'g'ridan-to'g'ri saytdan xat yozishingiz mumkin. Biz tezda sizga javob beramiz. Quyidagi shaklda kerakli maydonlarni to'ldiring va yuborish-ni bosing