| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | 
| I. Maktabgacha ta’limning o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish | |||||
| 1. | Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlari uzviyligini ta’minlash. | 1. Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish. | 2024-yil noyabr | Ijrochilar mablag‘lari | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| 2. Xalqaro tajribalar asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlari uzviyligini ta’minlash maqsadida ushbu dasturlarni qayta ko‘rib chiqish. | 2025-yil mart | ||||
| 3. Takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | ||||
| 2. | Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘quv-metodik majmualarni yaratish. | 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun xalqaro standartlar asosida o‘quv-metodik majmualarni yaratish. Bunda: kichik va o‘rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga; katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish. | 2025-yil avgust | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar, Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hamda budjetdan tashqari mablag‘lar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | 
| 2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy o‘quv-metodik majmualarni mahalliylashtirish va ushbu o‘quv-metodik majmualarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi nashriyot tashkilotlarida nashr etish. | 2025-yil avgust | ||||
| 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qo‘shimcha didaktik materiallar va bolalar adabiyotini yaratish hamda ularning Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi nashriyot tashkilotlarida chop etilishini tashkil etish. Bunda qo‘shimcha adabiyotlarni yaratish va chop etishni Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | ||||
| 3. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reytingini shakllantirish. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti” baholash mezoni asosida baholash va ularning reytingini shakllantirish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
| 4. | Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish. | Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | 2024-yil dekabr | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | 
| II. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish | |||||
| 5. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish. | 1. Tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish. | 2024-yil noyabr | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova) | 
| 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish tartibini tasdiqlash. Bunda: “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor o‘rinbosarlaridan iborat trenerlar guruhini shakllantirishni; malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda trenerlar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etilishini; trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlari va pedagoglarga tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzuridagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lashni nazarda tutish. | 2024-yil dekabr | ||||
| 3. Pedagoglarni kasbiy rivojlantirishning namunaviy dasturini tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | ||||
| 6. | Oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim tizimini joriy etish. | Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni dual ta’lim asosida o‘qitish mexanizmini ishlab chiqish. Bunda bir haftada kamida ikki kun oliy ta’lim muassasasida ta’lim dasturining nazariy va o‘quv qismi o‘tilishini, qolgan kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliy qismlari o‘tkazilishini nazarda tutish. | 2025-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| 7. | Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish. | 1. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan malaka oshirish kurslari va o‘quv seminarlari tashkil etish. | 2025-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| 2. Olis va chekka hududlarda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun tajriba-sinov tariqasida 4 ta auditoriya ko‘rinishidagi avtobuslar negizida pullik mobil malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart | ||||
| 8. | “Oliy ta’lim — professional ta’lim — maktabgacha ta’lim” tamoyili asosida ta’lim klasterini tajriba-sinov tariqasida joriy etish. | “Oliy ta’lim — professional ta’lim — maktabgacha ta’lim” tamoyili asosida pedagoglarni tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish. Bunda: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga pedagogika texnikumlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini biriktirish; biriktirilgan ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun ta’lim sohasida yangiliklar, nazariy ishlanmalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish uchun sharoit yaratish; maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ilmiy ish olib boruvchi izlanuvchilar, yangi tajriba va metodikalarni joriy etayotgan amaliyotchilar uchun doimiy eksperimental maydoncha yaratish. | 2025-yil yanvar | Ijrochilar mablag‘lari | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) | 
| III. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish | |||||
| 9. | Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining idoraviy qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining idoraviy qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini zamonaviy, energiya tejamkor, ekologik toza qurilish materiallaridan foydalangan holda qurilishiga alohida e’tibor qaratish. | 2024-yil dekabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| 10. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish. | 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan, navbatliligi yuqori bo‘lgan mahallalardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tanlovlar e’lon qilish. | 2025-yil fevral | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) | 
| 2. Tanlov g‘oliblari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarori talablari asosida bitim tuzish. | Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda | ||||
| 11. | Davlat oliy ta’lim muassasalariga bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish huquqini berish. | 1. Davlat oliy ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish. Bunda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlash xarajatlarini davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ularni saqlash xarajatlarini esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirishni nazarda tutish. | 2025-yil avgust | Ijrochilar va budjet mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) | 
| 2. Davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu muassasalar xodimlari va talabalarining farzandlarini ustuvor ravishda qabul qilish tartibini joriy etish. | 2026-yil yanvar | ||||
| IV. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish | |||||
| 12. | Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan mahsulotlar bilan ovqatlanishini tashkil etish. | 1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan qadoqlangan yoki quritilgan sut mahsulotlarini xarid qilishni tashkil etish. 2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sifatli non mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida: tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun non mahsulotlarini tayyorlashda yodlangan tuz ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (yetkazib beriladigan non mahsulotlarining har bir turkumi uchun) talab qilib olish tartibini joriy qilish; ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar zimmasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib beriladigan non mahsulotlarini haftada kamida bir marotaba akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazib, non mahsulotlari tarkibidagi zarur elementlar mavjudligi to‘g‘risida xulosa nusxasini buyurtmachiga taqdim etish vazifasini yuklash. | 2024-yil noyabr | Mahalliy budjet mablag‘lari | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| 13. | Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishini ta’minlash jarayonlarini hamda ularga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish. | Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida sifatli va xavfsiz ovqatlanish tizimini joriy etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida Ta’lim sohasida ovqatlanishni tashkil etish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi kiritish. | 2024-yil dekabr | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) | 
| V. Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish | |||||
| 14. | Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlarni elektron shaklda imzolash tartibini joriy etish. | Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun elektron arizalarni qabul qilish tizimini joriy etish. Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish uchun taqdim etilgan arizalarga ijobiy xulosa berilganidan so‘ng axborot tizimida avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni shakllantirish va imzolash uchun xususiy sherikka elektron shaklda jo‘natishni nazarda tutish. | 2024-yil noyabr | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| 15. | Maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berishni yo‘lga qo‘yish. | Maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) | 
| T/r | Ko‘rsatkich | Axborot manbalari | Kesimi | 
| Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan 3 — 7 yoshdagi bolalar | |||
| 1. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — MTT) soni | MMTV va Statistika agentligi ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 2. | Ularning umumiy sonida nodavlat MTT ulushi | MMTV va Statistika agentligi ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 3. | Amaldagi oilaviy MTTlar soni | MMTV va Statistika agentligi ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 4. | MTTga qatnaydigan bolalar soni | MMTV va Statistika agentligi ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 5. | Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar ulushi | MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 6. | Oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar soni | MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 7. | Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar ulushi | MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 8. | MTTdagi joylar soni | 3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylar bo‘yicha alohida hisobga olinadigan MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 9. | Ularning umumiy sonida nodavlat MTTdagi joylarning ulushi | 3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylarni alohida hisobga olgan holda MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 10. | 3-4 yosh va 5-6 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olinishi (MTTga qatnovchi bolalar sonining shu yoshdagi bolalarning doimiy aholi tarkibidagi umumiy soniga foizli nisbati) | MMTV va Statistika agentligi (demografik statistika) | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| Kadrlar salohiyati ko‘rsatkichlari | |||
| 11. | MTT pedagog xodimlari soni | MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 12. | Oliy ma’lumotli pedagog xodimlar ulushi | OTFIV va MMTV ma’lumotlari | MTT, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 13. | So‘nggi 5 yil ichida malakasini oshirgan MTT pedagog xodimlari ulushi | MMTV ma’lumotlari | MTT, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 14. | Davlat MTT pedagog xodimlari o‘rtacha ish haqining mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbati | Bandlik vazirligi va MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar bo‘yicha | 
| 15. | 5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlari bilan ishlaydigan bitta pedagogga to‘g‘ri keladigan 5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar soni | MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 16. | MTTdagi bo‘sh ish o‘rinlari soni | MTT ma’lumotlari | Tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| Bolalarning rivojlanishi va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligi darajasi ko‘rsatkichlari | |||
| 17. | MTTni bitirgan hamda O‘zbekiston Respublikasi erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga Davlat talablarida hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida nazarda tutilgan maktabga tayyorlikning eng past darajasidan ham past rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega 6-7 yoshdagi bolalarning ulushi | Har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha MTT tarbiyalanuvchilari haqida ma’lumotlar natijalarini to‘plash | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 18. | Birinchi yillik attestatsiya yakunlariga ko‘ra qoniqarsiz baho olgan umumiy boshlang‘ich ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ulushi | MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari | |||
| 19. | Maktabga chiqqanda rivojlanishidagi oqsoqliklar yoki surunkali kasalliklar birinchi marta aniqlangan bolalar soni | SSV va MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 20. | Tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan va parvarishlanayotgan maxsus ehtiyojli MTT tarbiyalanuvchilari ulushi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 21. | O‘quv yili davomida kamida bir marta pediatrning profilaktik ko‘rigidan o‘tgan MTT tarbiyalanuvchilari soni | SSV va MMTV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 22. | MTTda bo‘lgan paytda bolalarning yuqumli kasalliklarni yuqtirishi hollari soni | SSV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| 23. | MTTda bo‘lgan paytda bolalarning ovqatdan zaharlanishi va jarohat olishi hollari soni | SSV ma’lumotlari | Viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha | 
| ”. | |||